Tavsif
Nufuzli Avstriya fan va texnologiya instituti (IST Austria) tabiiy va kompyuter fanlari, matematika yoki boshqa tegishli fanlar bo'yicha bakalavr yoki magistratura bosqichida o'qiyotgan yoki uni tamomlagan bilimli talabalar uchun ushbu oliygohda scientific internship, ya'ni ilmiy amaliyot o'tash imkoniyatini taqdim etadi.
Dasturga qabul qilingan talabalar Avstriyada 1 yilgacha tadqiqot rahbarlari, professorlar boshchiligida ilmiy amaliyot olib borish bilan birga xarajatlarini qoplash uchun oylik maoshga ham ega bo'ladilar.
Ushbu dasturda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar maxsus tashkillangan tadqiqot guruhlarida alohida stajyor lavozimida amaliyot o'tash uchun yil davomida ariza topshirishlari mumkin.