Bakalavr va magistratura talabalari uchun Avstriyada xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi — ISTernship Summer Рrogram
Avstriya Avstriya
05 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Bakalavr va magistratura talabalari uchun Avstriyada xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi — ISTernship Summer Рrogram

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

ISTernship (“IST-” + “(int)ernship”) Avstraliyada ilmiy tadqiqot qilish tajribasini kengaytirishga intilayotgan bakalavr va magistr talabalari uchun yozgi amaliyot dasturidir. 2013-yildan buyon har yozda taxminan 30-40 nafar talaba ISTernship dasturida ishtirok etadi.

Ariza doirasida boʻlajak amaliyotchilar oʻzlariga mos guruh tanlaydilar va qabul qilingach guruh rahbari bilan tadqiqot loyihasi boʻyicha yakuniy xulosaga kelib, amaliyotni boshlaydilar.

Amaliyot toʻliq shtat asosida faqat ingliz tilida olib boriladi.

Amaliyot muddatlari: 15-maydan 15-sentyabrgacha, 2-3 oy. Aniq sana va muddat rahbar bilan birgalikda hal qilinadi.

Muvaffaqiyatli amaliyotchilarga sayohat va viza boʻyicha amaliy yordam beriladi. Shuningdek, Avstriyada yashash, borish/kelish uchun badal puli toʻlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar ushbu yoʻnalishlar boʻyicha bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi kerak: biologiya, Kompyuter fanlari (computer science), Maʼlumotlar ilmi va ilmiy hisoblash (data science & scientific computing), matematika, fizika, neyrofanlar, kimyo & moddashunoslik.
  • Amaliyot boshlanishidan avval bakalavriatning kamida toʻrt semestrini tugatgan boʻlishi kerak;
  • Yaqinda bakalavr yoki magistratura bosqichini tamomlaganlar ham ariza topshirishlari mumkin. Bu shuni anglatadiki, 2024-yil 15-maydan oldin bitirganlar dasturga ariza berish huquqiga ega emaslar.
  • PhD dasturiga qabul qilingan yoki roʻyxatdan oʻtgan talabalar ham dasturda ishtirok etolmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yashash xarajatlari uchun oyiga 1,150 yevro beriladi;
  • Tibbiy sugʻurta va turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Sayohat xarajatlari qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Kerakli hujjatlar:

  • CV;
  • Maqsad bayonoti (Statement of Purpose);
  • Universitet diplomi va akademik transkriptlar (ingliz tilida);
  • 1 yoki 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxsning aloqa maʼlumotlari.

Hujjat topshirish jarayoni:

  1. Ariza topshirish sahifasiga oʻtish kerak.
  2. Ariza topshirish kerak.

Ariza berishdan avval dastur bilan yaxshilab tanishib chiqish lozim. Qaysi yoʻnalishga qaysi professor biriktirilganini ushbu roʻyxatdan oʻqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 5-fevral, 2025-yil (19:00);
  • Email: isternship@ista.ac.at;
  • Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda;
  • Natijalar 2025-yil 31-martgacha eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Avstriya Bakalavr va magistratura talabalari uchun Avstriyada xarajatlari qoplanadigan yozgi amaliyot dasturi — ISTernship Summer Рrogram
05 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.