Bakalavr va magistratura talabalari uchun ingliz tili bo'yicha xalqaro olimpiada
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 Yan, 2023 · Muddat tugagan

Bakalavr va magistratura talabalari uchun ingliz tili bo'yicha xalqaro olimpiada

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

GlobAmba.com Olimpiadasi birinchi tili ingliz tili boʻlmagan universitet talabalari (bakalavr va magistrlar) uchun bepul onlayn ingliz tili tanlovi hisoblanadi. Ushbu tanlov Jon R.R.Tolkiennign 130 yillik xotirasiga bagʻishlangan.

Testda qatnashish bepul boʻlib, nomzodlar 90 daqiqa davomida test yechishlari kerak.

Ishtirok etganlik haqidagi sertifikat har bir ishtirokchiga topshiriladi. Sertifikat tinglash va oʻqish qobiliyatlari va reytingini baholashni oʻz ichiga oladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 18 yoshdan yuqori boʻlgan bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzodlarning birinchi tili (asosiy ta'lim tili) ingliz tili boʻlmasligi kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda gʻolib boʻlgan har bir ishtirokchiga $1,000 AQSh dollari miqdorida mukofot beriladi. Ushbu mukofot puli Globamba.com mutaxassislari bilan magistratura yoki PhD dasturiga ariza berish xizmatlariga sarflanishi mumkin;
  • Globamba taʼlim xizmatlari boʻyicha 100 ta eng yaxshi ishtirokchilar uchun $50lik sertifikat beriladi;
  • Nomzodlar IELTS imtihoniga tayyorlanish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Qatnashgan barchaga ishtirok etgani haqida sertifikat beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali saytda roʻyxatdan oʻtish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Bakalavr va magistratura talabalari uchun ingliz tili bo'yicha xalqaro olimpiada
30 Yan, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.