Tavsif
Shveysariyaning kompyuter fanlarini o‘rganish va tadqiqot olib borish uchun eng yaxshi joy sifatida e’tirof etilgan ETH institutining kompyuter fanlari (Compyuter Science) bo‘limi tomonidan bakalavr va magistratura talabalari uchun ikki oylik yozgi tadqiqot amaliyot (The Student Summer Research Fellowship) dasturi taqdim qilinadi.
Dasturining asosiy qismi mavjud sohalardan birida tadqiqot olib borishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda talablar o‘zlari tanlangan sohaga mos keladigan tadqiqot loyihasini guruh a’zolari bilan hamkorlikda, fikr almashgan holda davom ettirishlari mumkin. Dastur davomida talabalar dunyoning turli burchaklaridan 45 dan ortiq professor-o‘qituvchilardan asosiy nazariyadan tortib amaliy tizimlarni loyihalash va qurishgacha bo‘lgan zamonaviy kompyuter fanining ko‘p qirralarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Dastur yo‘l, viza va yashash xarajatlarini qoplashni ko'zda tutadi.