Tavsif
Singapur davlati tomonidan tashkillashtirilgan Singapore International Pre-graduate Award (SIPGA) dasturi xalqaro talabalarga jonli ilmiy muhitda boʻlish va mashhur tadqiqotchilar ishlash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Dasturda bakalavr bosqichining uchinchi/toʻrtinchi kurs yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan STEM yoʻnalishi (kompyuter va axborot texnologiyalari, tibbiyot, fizika fanlari yoki muhandislik yoʻnalishi) da tahsil olayotgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur gʻoliblari tanlagan loyihalariga qarab 2 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda Singapurning A*STAR tadqiqot uyushmasida tadqiqot oʻtash imkonini qoʻlga kiritishadi. Dastur davomida ishtirokchilarga har oy $2000 miqdoridagi stipendiya beriladi.
Dasturga yil davomida ariza topshirish mumkin.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.