Bakalavr va magistratura talabalari uchun Singapurda toʻliq moliyalashtiriladigan NTU Singapore Fellowship dasturi
Singapur Singapur
14 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Bakalavr va magistratura talabalari uchun Singapurda toʻliq moliyalashtiriladigan NTU Singapore Fellowship dasturi

Bakalavr +1 Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

 NTU Singapore Fellowship tadqiqot olib borish boʻyicha tajribani boyitish, qimmatli koʻrsatmalar olish uchun tajribali olimlar va professor-oʻqituvchilar bilan bogʻlanish imkonini beruvchi dastur hisoblanadi. Dastur bakalavr va magistr bosqichini 2026-2027-yilda yakunlaydigan, kelajakda Nanyang Texnologiya universitetida tadqiqot olib borish hamda doktorantura bosqichida oʻqishni rejalashtirayotgan hamda yaxshi GPAga ega nomzodlar uchun moʻljallangan. 

Dastur 2026-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha, 2 oy davom etadi. Dastur ishtirokchilari 5000 singapur dollari (taxminan $4,000) miqdorida stipendiya hamda bepul turar-joy bilan taʼminlanadi.

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 15-fevralgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • 2026-2027-yilda bakalavr yoki magistratura bosqichini yakunlaydigan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlarning STEM sohasida oʻqishi tanlovda ustunlik beriladi;
  • Singapurdagi Nanyang Texnologiya universitetida tadqiqot olib borish va doktorantura bosqichida taʼlim olishni rejalashtirayotgan nomzodlar qatnashishi tavsiya etiladi;
  • Nomzod yaxshi GPA ga ega boʻlishi kerak;
  • Nomzodlardan til bilish sertifikati talab qilinmaydi.

Eslatma! Bakalavr yoki magistratura bosqichini yakunlagan nomzodlar dasturga ariza topshira olmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Dastur davomida nomzodlarga 5000 singapur dollari (taxminan $4000) miqdorida stipendiya beriladi;
  • Bepul turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Dastur tadqiqot olib borish boʻyicha tajribasini boyitish, qimmatli koʻrsatmalar olish uchun tajribali olimlar va professor-oʻqituvchilar bilan bogʻlanish imkonini beradi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Akademik maʼlumotlar (kollej/universitet taʼlimi, oʻqish davri, egallagan malakalari);
  • Shaxsiy fotosurat elektron nusxasi;
  • Oʻqish rasmiy qaydlarining elektron nusxasi (ingliz tilida);
  • Pasport elektron nusxasi;
  • Akademik tavsiyanoma (ixtiyoriy);
  • Motivatsion xat;
  • Dasturga ariza topshirishdan maqsad tushuntirilgan 2-3 daqiqalik video.

Dasturga ariza topshirish maxsus ariza topshirish portali orqali amalga oshiriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Singapur Bakalavr va magistratura talabalari uchun Singapurda toʻliq moliyalashtiriladigan NTU Singapore Fellowship dasturi
14 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.