Tavsif
Xitoyning nufuzli Zhejiang universiteti va hamkor universitetlarning tajribali professor-oʻqituvchilari rahbarligida butun dunyo boʻylab bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun Global Summer School — Global yozgi maktabi dasturini taklif etadi.
Ushbu dastur SDG — barqaror rivojlanish maqsadlari mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, 2023-yil 31-iyul 14-avgustgacha onlayn formatda davom etadi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar oʻz qiziqishlaridan kelib chiqqan holda quyidagi 3 akademik moduldan birini tanlashlari mumkin boʻladi:
- Carbon neutrality — uglerod neytralligi. Bunda ishtirokchilar uglerod yemirilishi va uning iqlimga taʼsiri haqida bilim va tajribaga almashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ushbu modul maqsadi, dasturning toʻliq rejasi bilan va dars beruvchi mutaxassislar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
- Inclusive Development — inklyuziv rivojlanish. Bunda ishtirokchilar inklyuziv shaharlar qurish, chekka hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy siyosiy, qolaversa, atrof-muhitga oid bilimlarga ega boʻlishadi. Ushbu modul maqsadi, dasturning toʻliq rejasi bilan va dars beruvchi mutaxassislar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
- Smart City - smart shaharlar. Bunda ishtirokchilar robotlar, sunʼiy intellekt va undan foydalanishni ommalashtirish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻladilar. Ushbu modul maqsadi, dasturning toʻliq rejasi bilan va dars beruvchi mutaxassislar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
- Data Visualization - data science, vizual analitika va unga aloqador yo'nalishda bilim olish mumkin.
- Networked Atonomous system - barqaror energiya, aqlli ishlab chiqarish va h.k yo'nalishda bilim olish mumkin.