Bakalavr, magistratura talabalari va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Institutidan toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Bakalavr, magistratura talabalari va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Institutidan toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

  • 20/08/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 15/10/2023 19:59 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Instituti (OIST) tadqiqot-amaliyot dasturi STEM yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavr va magistratura talabalariga OISTda ilmiy amaliyotchi sifatida ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda, shuningdek, yaqinda o'qishni tamomlaganlar ham qatnashishi mumkin.

Ushbu amaliyot odatda 2 oydan 6 oygacha davom etadi. Shu vaqt davomida amaliyotchi talabalar jihozlangan laboratoriyalarda tajriba oʻtkazish imkoniyati bilan birga muayyan texnik saboqlarga ham ega boʻladilar. Amaliyotchilar oʻzlariga tayinlangan Professorlar rahbarligida ishlaydi va OIST tadqiqot faoliyatiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Dasturga yilda 2 marta ariza topshirish mumkin. Dasturda asosan kuchli bilim va salohiyatga ega boʻlgan, oʻz sohasining yetakchi talabalari ishtirok etishi mumkin. Dasturda ishtirok etish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dastur davomida amaliyotchilarga bir ish kuniga 2400 yen (~$22) miqdorida haq toʻlanadi. Bundan tashqari, amaliyotchilarning transport va turar joy xarajatlari ham qoplab beriladi.

Dastur flayerini bu yerda o'qish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan yoki uni yaqinda tamomlagan talabalar ishtirok etishi mumkin. Bunda bakalavr talabalari kamida 2-bosqichni yakunlagan boʻlishi lozim;
  • Akademik jihatdan faol boʻlishi va hozirda oʻqiyotgan sohasi amaliyot dasturiga aloqador boʻlishi lozim;
  • Hozirda o'qib turganlar o'qish joyidan ma'lumotnoma topshirishi kerak;
  • Ushbu dasturga katta qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Dastur ingliz tilida olib borilganligi bois ingliz tilini bilish talab etiladi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Amaliyot uchun kuniga 2400 yen ($22) beriladi va soliqlardan ozod etiladi;
  • Yaponiyaga borish-kelish safar xarajatlari qoplab beriladi;
  • Amaliyot joyiga borish-kelish uchun Shuttle Bus Pass, yaʼni avtobus chiptasiga ega boʻladi;
  • Jihozlangan turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Viza, tibbiy sugʻurta va mahalliy roʻyxatdan oʻtish masalalarida yordam beriladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn ariza topshirishlari kerak boʻladi. Ariza topshirish uchun avval shaxsiy profil ochiladi va kerakli hujjatlar taqdim etiladi.

Kerakli hujjatlar:

  • CV (OIST CV namunasi);
  • Statement of purpose, amaliyotga ariza topshirishdan maqsad bayon etilgan 400 soʻzdan iborat xat. Xatda ushbu savollarga javob berish kerak:
    • OIST va siz xohlagan tadqiqot boʻlinmalari sizning hozirgi tajribangiz va mahoratingizga qanday mos keladi?
    • Agar siz bir nechta tadqiqot boʻlinmalariga qiziqsangiz, har birini qisqacha yoritib oʻting.
    • OISTda nimalarga erishmoqchisiz?
    • OISTda tadqiqot amaliyoti sizning umumiy kasbiy rejalaringizga/intilishlaringizga qanday mos keladi?
  • Baholar roʻyxati (Transcript). Bunda universitetda olingan baholar taqdim etiladi. Zarurat boʻlsa, ingliz tiliga tarjima qilinadi;
  • Kamida 1 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar nomzodning akademik yutuqlari, xarakteri bilan tanish boʻlgan oʻqituvchi yoki ilmiy rahbar tomonidan beriladi. Nomzoddan kamida 1 ta koʻpi bilan 3 ta tavsiyanoma topshirish talab etiladi. Ushbu tavsiyanomalar elektron pochta orqali yuboriladi;
  • Shaxsiy fotosurat. Bunda surat rasmiy pasport formatida boʻlishi kerak.

ESLATMA! Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi va ariza topshirish jarayonidan avval tayyorlab qoʻyilgan boʻlishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur 2 oydan 6 oygacha davom etadi:

  • Kuzgi mavsum davomiyligi: 1-oktyabrdan 31-martgacha
  • Bahorgi mavsum davomiyligi: 1-apreldan 30-sentyabrgacha

Hozirda 2024-yil bahorgi mavsum uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlov natijalari eʼlon qilinish vaqti:

  • Kuzgi mavsum uchun iyun oyida;
  • Bahorgi mavsum uchun dekabr oyida eʼlon qilinadi.

Koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar ushbu havola orqali berilishi mumkin.

Yaponiya
Bakalavr, magistratura talabalari va yaqinda o'qishni bitirganlar uchun Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Institutidan toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar