Tavsif
Tecnologico de Buenos Aires Institutining turli yo‘nalishda o‘qiydigan talabalari tomonidan tuzilgan volontyor jamoasi har yili South American Business Forum (SABF) konferensiyasini o‘tkazib keladi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi turli millatdan kelgan ishtirokchilarning o'zari fikr almashishi va bu orqali yangi avlod yetakchilarini shakllantirish hamda jamiyat rivojiga hissa qo‘shishdir. Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilar berilgan mavzuda essay yozishlari kerak. Dastur doirasida 100 ta grant ajratilgan.
Har yili forum uchun turli mavzular tanlab olinadi. Tanlovning bu yilgi mavzusi – “Where ideas grow, and leaders are born”.
Dastur tili: Ingliz va ispan tili.
Oʻtkazilish joyi va vaqti: Tecnologico de Buenos Aires Instituti, Ciudad Autonóma de Buenos Aires, Argentina. 1-3-avgust kunlari.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.