Umumiy maʻlumotlar
Sharqiy, Markaziy Yevropa, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo talabalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Gamburg universiteti COPERNICUS - Kopernik nomidagi xalqaro stipendiyani taqdim etadi.
Dastur Huquqshunoslik, Iqtisod, Siyosat, Tabiiy fanlar va Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 1 semestrlik o‘qish, amaliyot, stipendiya, bepul turar joy va boshqa imtiyozlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, stipendiatlar shahar madaniy hayoti bilan yaqindan tanishish va butun dunyo talabalari bilan fikr almashish mkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
Dastur xaritasi bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Ariza topshiruvchilarning yo‘nalishi Gamburg universitetida mavjud yo‘nalishlarga mos kelishi kerak;
- Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o‘qigan bo‘lishi va 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi shart;
- Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi (Eng kamida B2);
- Dasturi tugagandan keyin stipendiatlar o‘z vatanlarida o‘qishni davom ettirishlari kerak;
- Nomzodlar volontyorlik ishlarida faollik ko‘rsatgan bo‘lishlari hamda Germaniyada ta’lim olishga yuqori darajada qiziqish ko‘rsatishlari kerak;
- Dastur davomida kamida 3 ta ko‘zga ko‘rinarli yutuqni qo‘lga kiritish shart;
- Germaniyada 4 oydan ortiq bo‘lgan yoki 1 semestr o‘qigan talabalar ariza topshira olmaydilar.
Dasturga qo'yilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
- 260-300 yevro oylik stipendiya;
- Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta’minlanadilar;
- Ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, ro‘yxatdan o‘tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.
Hujjat topshirish
Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Online ariza shaklini to‘ldirish;
- Rezumye (CV);
- Ijtimoiy faollikni ko‘rsatuvchi hujjatlar (volontyorlik ishlari, nodavlat-notijorat tashkilotlarda olib borilgan faoliyat va b; agar bunday tajribaga ega bo‘lmasa, nomzod uning sababini tushuntirishi kerak);
- Dastur davomida yashaydiga xonadoni(oilasi) uchun yozilgan xat;
- Attestat yoki diplom nusxasi va tarjimasi;
- Pasport o‘lchamidagi rasmni yuklash.
Ariza topshirish jarayoni va hujjatlar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Nomzodlar jo‘natgan hujjatlari, motivatsion xatlari va Germaniyada o‘qishga bo‘lgan ehtiyoj hamda qiziqishlarining darajasiga qarab saralanadilar. Shuningdek, stipendiatlarning dasturni yanada yoyishga va rivojlantirishga bo‘lgan harakatlari inobatga olinadi. Kuzgi semestr uchun qabul qilinganlar o‘qishni 1-oktabrdan boshlaydilar. Umumiy 6 oylik dasturning 3 oyida o‘qish, qolgan oyida amaliyot o‘taladi. Amaliyoti o‘tash majburiy hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni: