Bakalavr va magistratura talabalariga Yevropanining eng yetakchi tadqiqot markazida 9 haftalik bepul yozgi maktabda o'qish imkonini beruvchi Vienna BioCenter Summer School dasturi. Dastur stipendiyasi - €1,400

Bakalavr va magistratura talabalariga Yevropanining eng yetakchi tadqiqot markazida 9 haftalik bepul yozgi maktabda o'qish imkonini beruvchi Vienna BioCenter Summer School dasturi. Dastur stipendiyasi - €1,400

  • 01/12/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Avstriya Davlat
  • 01/02/2024 03:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Vienna BioCenter yozgi maktabi Avstriyaning poytaxti Vena shahrida joylashgan Vienna Biocenter tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, bakalavr va magistratura bosqichida Life Sciences, yaʼni hayot haqidagi fanlar yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriluvchi 9 haftalik dasturni taklif etadi.

Vena Biocenter yozgi maktabi taxminan 30 nafar bakalavr va magistratura talabalariga yetakchi tadqiqotchilar bilan ilmiy izlanish olib borish uchun katta imkoniyat taqdim etadi.

Dastur davomida har bir talaba oʻziga biriktirilgan professor-oʻqituvchilar bilan birgalikda molekulyar biologiya, nevrologiya, immunologiya, bioinformatika, DNK biologiyasi, ildiz hujayralari va biokimyo kabi yoʻnalishlarda turli ilmiy ish va tadqiqotlar olib boradi.

Bundan tashqari, 2 kunlik Vena tashqarisiga ilmiy sayohat uyushtiriladi. Sayohat davomida ilmiy mashgʻulot va ijtimoiy tadbirlar tashkillanadi. Dastur soʻnggida ilmiy simpozium boʻlib oʻtadi va bunda har bir izlanuvchilar oʻz tadqiqotlari haqida qisqa taqdimot tayyorlashadi. Hakamlar hayʼati tomonidan saralangan eng yaxshi taqdimotchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Avvalgi yillarda ushbu mukofotni qoʻlga kiritganlar haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qolaversa, dasturga qabul qilingan talabalar bepul turar joy, stipendiya, jamoat transportidan foydalanish va boshqa imkoniyatlarga ega boʻladi. Safar xarajatlari ham dastur tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur har yili iyun oyining soʻnggi jumasida boshlanib, avgust oyining soʻnggi jumasigacha davom etadi. Shunday qilib, 2024-yilning 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etishi kutilmoqda.

Maqbullik shartlari

Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod 2024-yil 30-iyun holatiga koʻra, Hayotiy fanlarga (Life Science) oid yoʻnalishlarda bakalavr bosqichining kamida 2-kursini tugatgan yoki magistraturada oʻqiyotgan boʻlishi kerak;
  • 3 yillik tadqiqot tajribasiga ega boʻlishi kerak. Lekin pandemiya holatini hisobga olgan holda, oʻqish davomida qilingan amaliyotlar ham hisobga olinadi. Bu haqida nomzod oʻz arizasida bafurja aytib oʻtishi lozim;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim;
  • Hozirgi paytda universitetda oʻqiyotganligini, agar iloji boʻlsa, kelasi yil ham oʻqishini tasdiqlovchi hujjat taqdim eta olishi kerak.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  • Dasturda qatnashish beрul;
  • Talabalar 1,400 yevrolik stipendiya bilan ta'minlanadi;
  • Bepul turar joy va tibbiy sug'urtaga ega bo'ladi;
  • Dastur davomida Vena shahri ichida jamoat transportidan bepul foydalanish uchun yo'l chiptasi beriladi;
  • Avstriyaga borish va o'z yurtiga qaytish xarajatlari qoplanadi;
  • Ko'plab ijtimoiy tadbirlarda bepul ishtirok etishlari mumkin.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza toshirish uchun ushbu havola orqali ariza shaklini to'ldirish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Hozirda oʻqiyotganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Soʻnggi oʻquv yilida oʻqigan fanlari va olgan baholari roʻyxati;
  • Kelasi yili universitetda oʻqiyotgan boʻlishini tasdiqlovchi hujjat. Agar mavjud boʻlmasa, keyingi yil qaysi dastur uchun ariza topshirmoqchiligi aytib oʻtilgan shaxsiy bayonot;
  • Til sertifikati (ixtiyoriy).

Eslatma! Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida taqdim etilishi lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida eng koʻp berilgan savollar va ularning javoblari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: summerschool@imp.ac.at

Avstriya
Bakalavr va magistratura talabalariga Yevropanining eng yetakchi tadqiqot markazida 9 haftalik bepul yozgi maktabda o'qish imkonini beruvchi Vienna BioCenter Summer School dasturi. Dastur stipendiyasi - €1,400

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar