Tavsif
AYF Fellowship - talabalar uchun Yaponiyaning Avaji orolida bir yillik amaliyot o’tash imkoniyati. Ushbu dastur tanlangan talabalarga ko'p madaniyatli muhitda o'zlarini sinab ko'rish va shaxsiy ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Dastur davomida tashkilot faoliyati bilan bog’liq mavzularda ma’ruzalar, amaliyot darslari bo’lib o’tadi va ishtirokchilar kichik guruhlarga bo’lingan holda muammo va uni yechish usullarini o’rganadilar. Dasturda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha qatnashish mumkin:
- San’at va musiqa;
- Sog’liq va salomatlik;
- PR va marketing;
- Dizayn va texnologiya.
AYF amaliyoti davomida o'quv dasturining bir qismi sifatida ishtirokchilarga o'z maqsadlarini ifoda etish va ularga erishishda kasbiy maslahatlar bergan holda muntazam mashg'ulotlar o'tkaziladi. Shuningdek, loyihalar ustida ishlanadi.
Dastur qatnashchilarning Yaponiyada tyashashlari, ovqatlanishlari bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplabgina qolmay, oylik maosh ham beradi.
Batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.