Tavsif
Young Professional Internships Program (YPIP) — yosh mutaxassislar uchun 12 haftalik yozgi amaliyot dasturi boʻlib, amaliyotchilarga jamoada ishlash, malaka oshirish tadbirlarida qatnashish, soha yetakchilari bilan muloqot qilish va tengdoshlar tarmogʻiga kirish imkonini beradi.
Malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan amaliyotchilar XXI asrning raqobatbardosh ishchi kuchiga kirishga tayyorlanar ekan, amaliy ish tajribasi va xalqaro biznes amaliyotlari haqida koʻproq tushunchaga ega boʻladilar.
Dastur STEM sohasida ishlashni reja qilayotgan, OTM 3-4-kurs talabalari uchun moʻljallangan va ingliz tilida olib boʻlib oʻtadi. Amaliyotlar Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Dastur AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va Amerika Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.