Tavsif
Butun dunyoga mashhur UNICEF xalqaro tashkiloti bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida oʻqiyotgan yoki uni tamomlaganiga 2 yildan oshmagan xalqaro talaba va bitiruvchilar uchun global doirada amaliyot oʻtash imkoniyatini beruvchi UNICEF Internship Programme dasturini taqdim etadi. Dasturning davomiyligi odatda 6 haftadan 26 haftagacha boʻladi. Amaliyot toʻliq yoki yarim kunlik boʻlishi mumkin va amaliyot imkoniyatlari yil davomida taqdim etiladi.
UNICEF tashkilotida amaliyotchilar gumanitar sohada tajriba oʻrganish imkoniyatlariga ega boʻladilar, shuningdek, tashkilot ularning akademik, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydigan mazmunli amaliyot tajribasini taklif qiladi.
Maʼlumot uchun: UNICEF dunyoning barcha nuqtasida yashaydigan kam taʼminlangan bolalar va oʻsmirlarga yordam berish va har bir bolaning huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanadigan keng tarmoqli xalqaro tashkilotdir. Tashkilot 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda faoliyat olib boradi va bolalarning erta bolalikdan oʻsmirlik davrigacha boʻlgan muddatda omon qolishi, rivojlanishi va oʻz imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishiga yordam beradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.