Tavsif
Germaniyaning Mayns shahrida joylashgan Molekulyar biologiya instituti bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun molekulyar biologiya boʻyicha yozgi maktab taqdim etadi. Dastur doirasida har yili bahorda 300 ga yaqin ariza qabul qilinadi va ular orasidan taxminan 10 nafar ishtirokchi yozgi maktab dasturiga taklif qilinadi.
Har bir ishtirokchiga toʻliq jihozlangan, oshxonasi bor turarjoy beriladi va kir yuvish xonasidan bemalol foydalanishlari mumkin boʻladi. Turarjoy laboratoriyadan piyoda yurib borsa boʻladigan masofada joylashgan.
Dastur 2024-yil 12-avgustdan 20-sentyabrgacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: Molekulyar biologiya instituti (IMB) Germaniyaning Mayns shahrida joylashgan zamonaviy xalqaro tadqiqot institutidir. oliygoh 2011-yil tashkil etilgan boʻlib, hozirda 200 dan ortiq tadqiqotchilarga ega. Institut butun dunyo boʻylab eng yaxshi talabalar va yosh olimlarni jalb qiladi hamda jamiyatda ijobiy oʻzgarish qiladigan turli tadqiqotlar ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.