Tavsif
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan Muhammad bin Zayd nomidagi Sunʼiy intellekt universiteti (MBZUA) STEM bilan bogʻliq mutaxassisliklar boʻyicha bakalavriat talabalari uchun toʻliq moliyalashtiriladigan tadqiqot-amaliyot dasturini — Undergraduate Research Internship Program (UGRIP) taqdim etadi.
4 haftadan koʻproq davom etadigan ushbu dasturda ishtirokchilar butun dunyo boʻylab boshqa yuqori malakali talabalar bilan tadqiqot loyihalari ustida ishlaydi, oʻz professional tarmogʻini yaratadi va BAA dagi eng yaxshi oʻquv yurtlaridan birida oʻqish boʻyicha maslahat va koʻrsatmalar oladi.
Dastur davomida quyidagi tadqiqot yoʻnalishlari ustida ishlash mumkin:
Dasturga arizalar 2026-yil 1-yanvardan 28-fevralgacha qabul qilinadi
Maʼlumot uchun: Muhammad bin Zayd nomidagi Sunʼiy intellekt universiteti (MBZUA) Abu Dabining Masdar shahrida joylashgan boʻlib, maxsus jihozlar, laboratoriyalar va tadqiqot markazlarini oʻz ichiga oladi. Universitet bitiruvchilari turli startaplarni tashkil etishda davom etadi, ertangi kun uchun ahamiyatga ega texnologiyalarni ixtiro qiladi hamda davlat va xususiy sektor uchun innovatsiyalarni rivojlantiradi.
MBZUA dunyodagi birinchi sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan tadqiqot universiteti boʻlibgina qolmay, AI, CV, ML, NLP va robototexnika boʻyicha dunyoda 18-oʻrinda turadi. Talabalar 40 dan ortiq davlatdan kelgan va ularning 39 foizini ayollar tashkil etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.