Tavsif
AQShda joylashgan Woods Hole okeanografiya instituti okean va muhandislik fanlari sohasidagi bakalavriat talabalari uchun Summer Student Fellowship tadqiqot dasturini taqdim etadi.
Stipendiyalar universitet tomonidan belgilangan maxsus xodimlarning rahbarligida mustaqil tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun beriladi. Dastur yoʻnalishiga qarab 10-12 haftagacha davom etishi rejalashtirilgan.
Dasturdan asosiy maqsad yoshlarni okean fani va muhandislik asoslari bilan tanishtirish hamda okeanografiyaning ilgʻor usullarini oʻrgatishdan iborat. Ishtirokchilar dastur davomida ilgʻor okeanografik asboblar va texnologiyalar bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplash va namuna olish texnikasini oʻrganib tajribada sinab koʻradilar.
Dastur quyidagi yoʻnalishlarni taqdim etadi:
- Applied Ocean Physics & Engineering;
- Geology & Geophysics;
- Marine Chemistry & Geochemistry;
- Marine Policy Center;
- Physical Oceanography;
- USGS.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.