Bakalavriat talabalari uchun Ispaniyada 2 oylik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi — ICIQ Summer Fellowship Programme
Ispaniya Ispaniya
16 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Bakalavriat talabalari uchun Ispaniyada 2 oylik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi — ICIQ Summer Fellowship Programme

Tadqiqot Stipendiya

Tavsif

Ispaniyada milliy va xalqaro bakalavriat talabalariga kimyo boʻyicha ilgʻor tadqiqotlar olib boriladigan qiziqarli muhitda oʻrganish, ishlash va yashash imkoniyatini berish uchun 2 oylik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi — ICIQ Summer Fellowship Programme taqdim etiladi. Dasturga jami 13 nafar nomzod saralab olinadi.

Ishtirokchilar PhD talabasi yoki post-doktorant rahbarligi ostida faoliyat olib boradilar. Dasturning oxirida dastur haqida qisqa hisobot, tadqiqotdan olingan natijalar taqdimotini taqdim etadilar.

Ushbu dastur Institut tadqiqot faoliyati haqida tushunchaga ega boʻlish va xalqaro ilmiy muhitda tadqiqot olib borish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bundan tashqari, ishtirokchilar ICIQda magistraturada oʻqish va keyinchalik PhD bosqichi uchun hujjat topshirishlari uchun keng imkoniyatlar ochiladi.

Ishtirokchilar quyidagi mavzularda tadqiqot olib borishadi:

  • Extracting knowledge of chemical reaction networks from linked-databases;
  • Biomimetic catalysis with gold;
  • Novel electrocatalysts for the selective oxidation of water to hydrogen peroxide;
  • Catalysis as a cornerstone for circular biopolymer development;
  • Molecular redox catalysts for solar fuels applications;
  • Harnessing Light for Advanced Reductive Cross-Coupling Catalysis;
  • Machine Learning for Materials in Energy;
  • Streamlining the access to macrocyclic structures via functionalization of C-C bonds;
  • Computational study of energy transfer processes in homogeneous catalysis;
  • Materials for Energy;
  • Unlocking innovative organic transformations using earth-abundant transition metals;
  • Catalytic skeletal editing to impact drug discovery;
  • Development of nanostructured materials for solar fuel generation.

Dastur Ispaniyaning Tarragona shahrida 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

Maʼlumot uchun: Kataloniya kimyoviy tadqiqotlar instituti (Institute of Chemical Research of Catalonia) iqlim oʻzgarishi, barqaror xomashyo taʼminoti va energiya manbalari kabi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun ilmiy bilimlarni rivojlantirishga bagʻishlangan yetakchi tadqiqot markazidir. ICIQ jahon miqyosida ilgʻor kimyoviy tadqiqotlarda yetakchi sifatida tan olingan. Energiya va sogʻliqni saqlash boʻyicha ixtisoslashgan 18 ta tadqiqot guruhiga tashkil etilgan boʻlib unda jami 316 nafar tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Eslatma: Dastur boshlangunga qadar oʻqishni bitirgan yoki magistratura talabalar dasturda qatnasha olmaydi. Ishtirokchilar ikkitagacha tadqiqot guruhini tanlashlari mumkin boʻlsa-da, birinchi variant tanlov jarayonida doimo ustuvor deb hisoblanadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 2000 yevro miqdorida stipendiya beriladi;
  • Nomzodlar oʻz sohasining yetakchi olimlar bilan birga ilmiy loyihalarni amalga oshiradilar;
  • ICIQ seminar va konferensiyalarida qatnashish imkoniyati taqdim qilinadi.

Eslatma: Dastur ishtirokchilaridan talablik vizasi va tibbiy sugʻurta soʻraladi. Mamlakat qonuniga koʻra, rezidentlardan stipendiyaning 19 foizi, rezident boʻlmaganlardan 24 foizi ushlab qolinadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashmoqchi boʻlganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Motivatsion xat;
  • CV;
  • Akademik transkriptlar.

Muhim: Hujjatlar ispan yoki ingliz tilida yoki ushbu tillardan birida tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 17-mart, 2024-yil;
  • 2024-yil apreliga qadar barcha nomzodlarga natijalar haqida xabar beriladi;
  • Natijalar roʻyxati aprel oyi oxirida eʼlon qilinadi;
  • Email: summerfellowships@iciq.es.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ispaniya Bakalavriat talabalari uchun Ispaniyada 2 oylik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi — ICIQ Summer Fellowship Programme
16 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.