Tavsif
Bakalavriat talabalari uchun Koreyada tadqiqot olib borish imkonini beruvchi 6 haftalik amaliyot dasturi — DGIST Internship 2026 taqdim etiladi.
Dasturning asosiy maqsadi bakalavriat talabalariga ilmiy tadqiqot faoliyatida amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratishdir.
Ishtirokchilar laboratoriyada DGIST professori rahbarligida tadqiqot amaliyotini oʻtkazishadi. Ish vaqti soat 9:00 dan 18:00 gacha, 8 soatlik ish kunini (tushlik uchun 1 soat hisobga olinmaydi) tashkil etadi.
Amaliyot dasturi 2026-yil 29-iyundan 7-avgustgacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST) — Janubiy Koreyada joylashgan yuqori darajadagi davlat tadqiqot universiteti boʻlib, 2004-yilda Daegu shahrida tashkil etilgan. Universitet ilm-fan, texnologiya va muhandislik sohalariga eʼtibor qaratadi, boʻlimsiz bakalavr taʼlim dasturi va sunʼiy intellekt, robototexnika, neyrofanlar (brain science) va yangi materiallar boʻyicha ixtisoslashgan magistratura dasturlariga ega.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.