Bakalavriat talabalari uchun Turkiyaning Sabanji universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan 7 haftalik yozgi amaliyot dasturi — PURE Summer Program
Turkiya Turkiya
27 Apr, 2026 · Muddat tugagan

Bakalavriat talabalari uchun Turkiyaning Sabanji universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan 7 haftalik yozgi amaliyot dasturi — PURE Summer Program

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Turkiyaning Sabanji universiteti bakalavr bosqichi talabalari uchun yozgi “PURE Summer 26” dasturini eʼlon qiladi. 7 hafta davom etadigan dastur davomida ishtirokchilar Sabanji universiteti professorlari tomonidan turli sohalarda olib borilayotgan tadqiqotlarga oʻz hissalarini qoʻshish imkoniga ega boʻladilar. 

Dasturning barcha qatnashchilari bepul turar-joy bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 30 nafar qatnashchilarga stipendiya ajratiladi, safar xarajatlari qoplanadi hamda ishtirok etish uchun mablagʻ talab qilinmaydi. Dastur Sabanji universiteti kampusida 6-iyuldan 20-avgustgacha оflayn tarzda boʻlib oʻtadi, yaʼni onlayn qatnashish mumkin emas.

Dasturga ariza topshirish jarayoni 2026-yil 28-aprelgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Barcha davlat fuqarolari qatnashishlari mumkin;
  • Bakalavr bosqichining kamida 1 semestrini tugatgan talabalar ariza topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar yaxshi akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari lozim;
  • Dastur doirasida tadqiqot olib boriladi, shu yuzasidan muloqot qilinadi, shuningdek, hisobotlar tayyorlash kerak boʻladi. Ingliz tilini yuqorida sanab oʻtilgan faoliyatlarni amalga oshirishga yetarli darajada bilish lozim;
  • Nomzodlar oʻzlariga tadqiqot loyihasini tanlashlari va bu borada yetarli malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak. Sabanji universiteti talabalaridan tashqari qolgan nomzodlar 6 tagacha loyiha boʻyicha ariza topshirishlari mumkin;
  • Dasturda qatnashish oldidan nomzodlardan sogʻliq sugʻurtasi soʻraladi;
  • Dastur davomida qatnashchilardan tadqiqotlari boʻyicha prezentatsiya qilish soʻraladi, shuning uchun har bir oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda qatnashish lozim;
  • Amaliyot davomida oʻtkaziladigan seminarlarning kamida 3 tasida ishtirok etish soʻraladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Yozgi dasturda qatnashayotganlar uchun roʻyxatdan oʻtish bepul, shuningdek, ular bepul turar-joy bilan ham taʼminlanadi;
  • Ishtirokchilar turli ijtimoiy hamda madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniga ega boʻladilar;
  • Shuningdek, 30 nafar qatnashchiga 9000 lira (taxminan $237) miqdorida oylik stipendiya ajratiladi, Turkiyaga borish-kelish safar xarajatlari qoplanadi;
  • Dastur yakunida uni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

Dastur foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni quyidagicha:

  • Dastur rasmiy sahifasidan ariza topshirish jarayoni bilan batafsil tanishib chiqing;
  • Ariza toʻldirish jarayonida 6 tagacha tadqiqot loyihasini tanlash mumkin. Buning uchun “Add items” tugmasi bosiladi. Loyihalarni tanlashda ustuvorligini ketma-ketlikda belgilang;
  • Quyidagi hujjatlarni belgilangan sanadan kechiktirmagan holda yuklang:

-Universitet baholarining ingliz tilidagi transkripsiyasi (pdf, jpg, jpeg yoki png shaklida yuklash mumkin);

-Dasturda qatnashishdan maqsadning rasmiy bayoni (statement of purpose);

-2 ta tavsiyanoma. (Ixtiyoriy) Tavsiyanoma shaxsan uni beruvchi inson tomonidan joʻnatilishi lozim. Buning uchun nomzodlar ariza topshirish jarayonida tavsiya beruvchining ism-familiyasi hamda email maʼlumotlarini qoldirishlari soʻraladi. Tavsiyanomani yozish boʻyicha koʻrsatmalar esa ularga e-mail orqali yetkaziladi.

Dasturda mavjud loyihalar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur yuzasidan qoʻshimcha savollar tugʻilgan taqdirda ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin.

Dastur rasmiy sahifasini ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin.

Maʼlumot uchun:

Tel: +90 216 483 90 00.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

-Instagram;

-LinkedIn.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Turkiya Bakalavriat talabalari uchun Turkiyaning Sabanji universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan 7 haftalik yozgi amaliyot dasturi — PURE Summer Program
27 Apr, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.