Tavsif
Visiting Student Research Program (VSRP) dasturi talabalarga Saudiya Arabistonining KAUST oliygohida innovatsion amaliyot olib borish imkoniyatini taqdim etuvchi dasturdir. Ushbu amaliyot orqali iqtidorli talabalar fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bo‘yicha tadqiqot qilish imkoniga ega bo'ladi.
Dasturda dunyo boʻylab kuchli bilim va yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlgan bakalavrning 3-, 4-kurs talabalari va magistratura bosqichi talabalari qatnashishi mumkin.
Amaliyot tanlangan dastur yoʻnalishiga qarab ingliz tilida 3 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin. Umumiy hisobda ushbu dastur orqali STEM sohasiga oid 100 dan ortiq yoʻnalishda ilmiy ishlar olib imkoniyati mavjud. Dastur yiliga 100 nafar talaba ishtirok etishi mumkin. Avvalgi mavsum ishtirokchilari taassurotlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.