Tavsif
International Local Authorities Internship Program 2012-yildan beri Turkiya Munitsipalitetlari Ittifoqi tomonidan har yili tashkil etiladigan xalqaro amaliyot dasturi hisoblanadi. Dastur har yili Turkiyaning turli shaharlariga sayohatlar, shu bilan birga, turli amaliy va ijtimoiy mashgʻulotlar orqali mahalliy boshqaruv boʻyicha yoshlarda koʻnikma hosil qilish maqsadida tashkil etiladi.
LOCALINTERNational tashkiloti butun dunyo boʻylab Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilarga munitsipal ish namunalarini oʻrganish, oʻzaro aloqalarni kuchaytirish va ilgʻor tajribalar almashish uchun xalqaro muhit yaratishda xizmat qilib kelmoqda.
Dasturda ingliz tilini biluvchi bakalavrning soʻnggi bosqich talablari yoki yaqinda tamomlaganlar ishtirok etishi mumkin.
Avvalgi yillarda boʻlgani kabi, bu yilgi dastur ham boʻlajak mahalliy rahbarlar uchun treninglar, joylarga tashriflar va ijtimoiy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga yordam beradi. Dastur 2023-yil 20-27-avgust kunlari ingliz tilida Turkiyada boʻlib oʻtadi.
Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi mavzularga oid bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi:
- Mahalliy boshqaruv organlarining asosiy qadriyatlari;
- Mahalliy demokratiya va ishtirok;
- Mahalliy hokimiyat organlarining ijtimoiy-madaniy faoliyati;
- Mahalliy boshqaruv organlarining global va mintaqaviy tashkilotlari;
- Mahalliy hukumatlar va Barqaror rivojlanish maqsadlari;
- Qiyosiy mahalliy boshqaruv organlari;
- Turkiyadagi mahalliy hokimiyatlar;
- CV tayyorlash va intervyu texnikasi
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi.