Bakalavr talabalari uchun Business Today tashkiloti tomonidan Nyu-Yorkda oʻtkaziluvchi xalqaro dastur — The International Conference

Bakalavr talabalari uchun Business Today tashkiloti tomonidan Nyu-Yorkda oʻtkaziluvchi xalqaro dastur — The International Conference

  • 01/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 02/08/2024 09:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Business Today tashkilotining 50-xalqaro konferensiyasi butun jahon boʻylab, bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, biznes sohasiga qiziquvchilar uchun har yili oʻtkaziladi.

Konferensiya Nyu-York shahridagi New York Marriott Marquis mehmonxonasida 2024-yilning 8-10-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Ikki kunlik konferensiyada nomzodlar dunyoga maʼlum va mashhur boʻlgan biznes egalari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Bu yilgi konferensiya mavzusi “Uyg'onish davri” (“Renaissance”).

Mazkur konferensiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Maʼruzachilar bilan qiziqarli suhbatlar va panellar;
  • Boshqaruv seminarlari;
  • Peer-to-peer tarmogʻi;
  • Ishga qabul qilish;
  • Moliyalashtirish boʻyicha raqobat.

Nomzodlarning barcha xarajatlari, jumladan, sayohat, turarjоy hamda oziq-ovqat xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod bakalavriat talabasi boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak;
  • Konferensiya davomida tadbirlarda toʻliq qatnasha olish kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Nomzodlarning barcha xarajatlari: safar, turarjoy, ovqatlanish kabi xarajatlari qoplanadi.

Eslatma: Viza xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi.

Konferensiyada oʻz oʻrnini kafolatlash uchun $75 lik depozit toʻlovini toʻlash lozim.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish lozim.

Dasturga quyidagi muddatlarda arizalar qabul qilinadi:

  • 1-rоund qabuli: 2024-yil 2-iyul, 09:59;
  • 2-rоund qabuli: 2024-yil 2-avgust, 09:59;
  • 3-rоund qabuli: 2024-yil 5-sentyabr, 09:59.

Ayni рaytda dasturning 2-rоundi uchun hujjatlar qabuli davоm etmоqda.

Eslatma: Ariza shaklidagi kiritilgan maʼlumotlar sayt qayta yuklanganda oʻchib ketishi mumkin. Shu sababdan, nomzodlarga barcha maʼlumotlarni bir martada toʻldirib, saqlashlari tavsiya etiladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun quyidagi emailga murоjaat qilish mumkin: studentrelations@businesstoday.org.

AQSh
Bakalavr talabalari uchun Business Today tashkiloti tomonidan Nyu-Yorkda oʻtkaziluvchi xalqaro dastur — The International Conference

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar