Tavsif
Mandela Residential Fellowship 2023 dasturi tenglik, adolat va ijtimoiy oʻzgarishlar uchun global himoyachi Nelson Mandelaning qarashlari va tamoyillariga asoslangan nufuzli tashabbus loyihasidir.
Ushbu dastur kelib chiqishi turli xil boʻlgan rivojlanayotgan yetakchilarni kuchaytirish va ularni oʻz jamoalarida ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vositalar bilan taʼminlashga qaratilgan.
Dasturda yo'nalishidan qat'i nazar barcha talabalar, yosh mutaxassislar, ijtimoiy va sogʻliqni saqlash xodimlari, koʻngillilar, yosh liderlar qatnashishi mumkin.
Dastur 2023-yil 14-20 oktabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur tili- ingliz tili.
Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil 25-avgust.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.