Tavsif
The World Heritage Young Professionals Forum 2024 (Jahon Merosi Yosh Mutaxassislar Forumi) Butunjahon merosi qoʻmitasi va YUNESKO tashkilotining Butunjahon merosi taʼlim dasturining 46-sessiyasi doirasida Hindiston Arxeologik tadqiqoti va Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilmоqda.
Forum Hindistonning Dehli shahrida 2024-yil 14-23-iyul kunlari bоʼlib оʼtadi.
Forum mavzusi “XXI asrda Jahon merosi: yoshlar salohiyatini oshirish va imkoniyatlarni oʻrganish” boʻlib, asosiy maqsadi madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish, asrab-avaylash va ommalashtirish boʻyicha yosh mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Hindistondan 20 nafar va boshqa mamlakatlardan 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Mahalliy va xalqaro ekspertlar hamrohligida turli taqdimotlar, davra suhbatlari, muhokamalar va shaharning turli joylariga tashriflar oʻtkaziladi, bunda yosh mutaxassislar Jahon merosi va barqaror rivojlanish konsepsiyalarini muhokama qiladilar, shuningdek, mahalliy meros va uni boshqarish bilan tanishadilar. Forum yakunida qatnashchilar oʻz deklaratsiyasini taqdim etadilar.
Forum faqat ingliz tilida olib boriladi. Ishtirokchilar quyidagi mavzularda oʻz fikr va gʻoyalarini almashishlari mumkin:
- Jahon merosi konvensiyasining yutuqlari va muammolarini oʻrganish;
- Iqlim oʻzgarishi va uning jahon merosi obyektlariga taʼsiri;
- Jahon merosini targʻib qilishda innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash;
- Umumjahon merosni asrab-avaylash bilan bir qatorda manfaatdor tomonlarni jalb etish;
- Yosh tadbirkorlarlar yordamida barqaror turizmni rivojlantirish.
Dastur haqida batafsil ushbu havоla оrqali maʼlumоt оlish mumkin.