Tavsif
Slovakiya hukumati boshqa universitetlar bilan xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish, qolaversa, kuchli bilim va salohiyatga ega talabalarni shu yerda o'qishga, professor va tadqiqotchilarni esa ilmiy ish olib borishga ruhlantirish maqsadida The National Scholarship Program of Slovak Republic almashinuv dasturini joriy etgan. Dastur davomida ishtirokchilar Slovakiya universitetlaridan birida bepul o'qishi, tadqiqotchilar esa ilmiy izlanishlar olib borishi mumkin. Dastur tanlangan kurs va yo'nalishga qarab 1 oydan 10 oygacha davom etadi. Shu muddatda ishtirokchilar o'qish to'lovlaridan ozod etiladi, oylik stipendiya va yo'l xarajatlari uchun mablag' bilan ta'minlanadi.