Tavsif
Slovakiya hukumati butun dunyo boʻylab boshqa universitetlar bilan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish, qolaversa, kuchli bilim va salohiyatga ega talabalarni shu yerda oʻqishga, professor va tadqiqotchilarni esa ilmiy ish olib borishga ruhlantirish maqsadida The National Scholarship Program of the Slovak Republic almashinuv dasturini joriy etgan.
Dasturga har yili 2 marta ariza topshirish imkoniyati mavjud:
- Kuzgi mavsum — har yili 31-oktyabr sanasigacha;
- Bahorgi mavsum — har yili 30-aprel sanasigacha.
Hozirda kuzgi mavsum uchun qabul davom etmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar Slovakiya universitetlaridan birida bepul oʻqishi, tadqiqotchilar esa ilmiy izlanishlar olib borishi mumkin. Dastur tanlangan kurs va yoʻnalishga qarab ingliz yoki slovak tilida 1 oydan 10 oygacha (talabalar uchun 3 oydan 10 oygacha) davom etadi. Shu muddatda ishtirokchilar oʻqish toʻlovlaridan ozod etiladi, oylik stipendiya va yoʻl xarajatlari uchun mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: