Barcha bosqich talabalari uchun dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
19 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Barcha bosqich talabalari uchun dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi

Bakalavr +2 Amaliyot Qisman moliyalash

Tavsif

Dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda barcha bosqich talabalari: bakalavr, magistratura, PhD uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi.

Dasturga barcha yoʻnalishlar boʻyicha, asosan, quyidagi yoʻnalishlarni tanlab ariza yuborish mumkin:

  • Muhandislik (dasturiy taʼminot muhandisi, dastur menejeri, mahsulotni rejalashtirish, dasturchi yozuvchi, texnik yozuvchi, xizmatlar muhandisligi);
  • Uskuna muhandisligi;
  • UX dizayni;
  • Yetkazib berish tizimi;
  • Maʼlumotlar va amaliy fanlar;
  • IT operatsiyalari;
  • Moliya;
  • Marketing;
  • Sotish;
  • Xizmatlar (maslahatchi, yordamchi muhandis, texnik hisob menejeri, texnik evangelist).

Amaliyot Redmond, Vashington, Bay Area, Kaliforniya, shuningdek, Kembridj, Massachusets, Kanada, Vankuver, Britaniya Kolumbiyada boʻlib oʻtadi.

Amaliyot dasturi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga bakalavr, magistratura, PhD talabalari ariza yuborishlari mumkin;
  • Nomzodlar topshirayotgan yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq stavkada (full-time) ishtirok etishlari kerak;
  • Shuningdek, amaliyot tugaganidan soʻng, oʻqiyotgan joylariga 1 semestr yoki uch oy mobaynida qaytib kelishlari so‘raladi.

Talablar haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Nomzodlarga yetarli ish haqqi, koʻchib oʻtishda (relocation) kerakli yordam va boshqa imkoniyatlar taqdim etiladi;
  • Dasturda qatnashish orqali tanlagan yoʻnalish boʻyicha tajriba orttirish va butun dunyodan kelgan yoshlar bilan netvorking qilish;
  • Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin.

Dastur imkoniyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin. 

Topshirish jarayoni

  • Dasturga hujjat topshirish ushbu havola orqali amalga oshiriladi;
  • Keyin esa Search Student Jobs tugmasi ustiga bosilsa, barcha yoʻnalishlar va ularga kerakli nomzodlar soni haqida maʼlumot berilgan;
  • Tanlagan yoʻnalish ustiga bosib, qayerda amaliyot oʻtashni ixtiyoriy ravishda tanlash mumkin (masalan: Kaliforniya yoki Vashington);
  • Har bir yoʻnalish va bu yoʻnalish boʻyicha amaliyot oʻtash mumkin boʻlgan joylar va kompaniyalar joylashuvi haqida tanlagandan soʻng batafsil koʻrib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar:

  • Amaliyot uchun bir yoki undan ortiq yoʻnalish tanlash mumkin;
  • Nomzodlar Resume yoki CV larini Microsoft Careers Site ga joylashlari soʻraladi (bunda nomzodlar ishlagan joylari, qilgan loyihalaridagi oʻziga xos muvaffaqiyatlarini alohida taʼkidlab oʻtishlari maqsadga muvofiq);
  • CV yoki Resume bir yoki ikki betdan iborat boʻlishi mumkin;
  • Volontyorlik ishlari haqida ham aytib oʻtish soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dastur boʻyicha eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar bilan (FAQ) bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin;
  • Intervyu bosqichidan qanday oʻtish boʻyicha tavsiyalar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak

AQSh Barcha bosqich talabalari uchun dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri — Microsoftda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi
19 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.