Tavsif
Shanghai Government Scholarship — Shanxay shahar hukumati stipendiyasi 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, xalqaro talabalar taʼlimining rivojlanishini va koʻplab yoshlarni East China Normal University (ECNU)ga stipendiat talaba boʻlishga undashni maqsad qilgan.
Ushbu dastur bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichini East China Normal University (ECNU)da oʻqish niyatida boʻlgan barcha yoshlar uchun moʻljallangan. Bakalavriat bosqichini oʻqish uchun nomzodlar HKS sertifikatidan 3-darajaga ega boʻlishlari lozim. Agar ushbu darajaga ega boʻlmasalar, homiylik ostida toʻliq stipendiya bilan xitoy tilini oʻrganish uchun bir yillik kollejgacha boʻlgan dasturga 10-maydan kechiktirilmagan holatda ariza topshirishlari mumkin. Ushbu til oʻrganish dasturidan keyin ham soʻralgan HSK darajasini qoʻlga kirita olmagan ishtirokchilar xitoy tili talabasi sifatida bitiradi.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar uchun xarjatlar toʻliq hamda qisman moliyalashtiriladi. Toʻliq moliyalashtiriladigan talabalar turar joy, oylik stipendiya, sugʻurta bilan taʼminlanadi va oʻqish toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Dasturning 2022-yil kuzgi semestriga ayni damda arizalar qabul qilinmoqda. Dasturning boshlanish va tugash sanalari 2022-yilning aprel oylarida rasmiy manbalarda eʼlon qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.