Barcha bosqich talabalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun 5 oygacha Estoniyada tadqiqot olib borish imkoniyati — Estophilus scholarship dasturi
Estoniya Estoniya
14 Noy, 2025 · Muddat tugagan

Barcha bosqich talabalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun 5 oygacha Estoniyada tadqiqot olib borish imkoniyati — Estophilus scholarship dasturi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Estoniya Taʼlim va Yoshlar Kengashi (Education and Youth Board of Estonia) tomonidan bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, magistratura, doktorantura talabalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun Estoniyada 1-5 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Estophilus scholarship dasturini taqdim etiladi.

Dasturdan asosiy maqsad xorijdagi universitet talabalarining oʻqish va izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, qolaversa, xalqaro tadqiqotchilarni Estoniya madaniyatidan boxabar qilish, shu tariqa bilim almashishga hissa qoʻshishdan iborat.

Dastur ingliz yoki eston tillarida olib boriladi. Eston tilini bilish talab etilmaydi, lekin bilgan nomzodlarga afzallik beriladi. Ishtirokchilarning tadqiqot rejasi Estoniya va uning madaniyati bilan bogʻliq mavzularda boʻlishi kerak.

Dasturga qabul qilinganlar oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda bakalavriat bitiruvchilari, magistratura, doktorantura talabalari va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Eston tilini bilish afzallik beradi, lekin majburiy emas;
  • Nomzod Estoniya madaniyatiga nisbatan katta qiziqishga ega boʻlishi va tadqiqot rejasi ham shunga bogʻliq boʻlishi kerak.

Baholashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:

  • Arizaning sifati (aniq maqsadlar, ish rejasi, kutilayotgan natijalar va boshqalar) va Estoniya bilan bogʻliq mavzularga eʼtibor berilishi;
  • Taklif etilayotgan tadqiqot rejasiga oid talabnoma beruvchining ekspertizasi;
  • Oʻqish yoʻnalishining tadqiqot bilan bogʻliqligi va ahamiyati;
  • Estoniyadagi oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasini tanlash sabablari, shuningdek, qabul xatidagi dalillar.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 5 oygacha boʻlgan muddatda Estoniya universitetlarida tadqiqot olib borish imkoniyati;
  • Yashash xarajatlari uchun oylik 660 yevro stipendiya beriladi;
  • Safar xarajatlari uchun masofaga qarab moddiy yordam beriladi (Oʻzbekistonliklar uchun 530 yevro).

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar kerakli hujjatlarni skanerdan oʻtkazib, rvo.dokumendid@harno.ee elektron manziliga yuborishi mumkin. Elektron xabarning mavzu qatoriga “Estophilus stipendium (EKKAV)“ deb yozilishi kerak.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • CV;
  • Toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shakli raqamli yoki yozma ravishda imzolangan boʻlishi shart;
  • Tadqiqot rejasi;
  • Talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Estoniyada tadqiqot oʻtashida rahbarlik qiluvchidan qabul xati.

Dasturga hujjat topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Estoniya Barcha bosqich talabalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun 5 oygacha Estoniyada tadqiqot olib borish imkoniyati — Estophilus scholarship dasturi
14 Noy, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.