Tavsif
Organisation for Economic Cooperation and Development — Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti OECD Internship Program amaliyot dasturiga qabulni ochiq deb eʼlon qiladi.
Amaliyotda asosan OECD tashkilotiga aʼzo mamlakat fuqarolari qatnasha oladi. Biroq ushbu tashkilotga aʼzo boʻlmagan mamlakat fuqarolari uchun ham turli dastur va loyihalar (masalan, International Tax Forum, ITF, NEA) ishlab chiqilgan.
Amaliyotning asosiy maqsadi muvaffaqiyatli nomzodlarga xalqaro muhitda tahliliy va texnik koʻnikmalarini oshirish imkoniyatini berishdir.
Amaliyot dasturi doimiy ravishda ochiq. Amaliyotning butun muddati davomida toʻliq akkreditatsiyadan oʻtgan (bakalavr, magistr, PhD) talabalar onlayn ariza topshirishlari mumkin. Tanlangan amaliyotchilar zarur boʻlganda masofadan turib ham, gibrid shaklida ham ishlashlari mumkin.
Amaliyotda bir qator sohalar boʻyicha ishtirok etish mumkin. Ushbu yoʻnalishlar roʻyxati bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur uchun amaliyotlar asosan Fransiyaning Parij shahrida oʻtkaziladi. Amaliyot qoplagan yoʻnalishi boʻyicha 1 oydan 6 oygacha davom etishi, zarur boʻlganda bir yilga ham uzaytirilishi mumkin.
Dasturga ariza topshirish har doim ochiq boʻlib quyidagi muddatlar uchun ariza topshirish mumkin:
- 2023-yil 1-sentyabr
- 2024-yil 1-mart
- 2024-yil 1-sentyabr
- 2025-yil 1-mart
Dastur ishtirokchilariga yashash xarajatlari uchun 700 yevro oylik stipendiya beriladi.