Barcha bosqich talablari uchun Germaniyada bir semestr to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi International Excellence Program almashinuv dasturi
Germaniya Germaniya
29 Dek, 2024 · Muddat tugagan

Barcha bosqich talablari uchun Germaniyada bir semestr to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi International Excellence Program almashinuv dasturi

Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

International Excellence Scholarship Program (IES) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi barcha bosqichning faol va aʼlochi talabalariga Berlinda bir semestr oʻqish imkonini beradigan stipendiya dasturi hisoblanadi. Dastur davomida talabalar Germaniyaning eng yaxshi universitetlaridan birida (HU Berlin, FU Berlin, HWR Berlin, Potsdam universiteti) 6 oy davomida oʻz bilimlarini oshirishadi va biror kompaniya yoki muassasada amaliyot oʻtashadi. Shu bilan birga, ular nemis tilida soʻzlashuvchi oila bilan yashash, madaniy tadbirlar va ijtimoiy uchrashuvlarda qatnashish orqali nemis madaniyati bilan yaqindan tanishadilar.

Dastur ishtirokchilari tajribali jamoa tomonidan nazorat qilinadi. Berlinda yashash va oʻqishga tez va muammosiz moslashishlari uchun ularga yuqori malakali ustozlar koʻrsatmalar berib borishadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzodlar Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Kosovo, Moldova, Moʻgʻuliston, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Oʻzbekiston kabi davlatlarning birida bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi lozim;
  • 28 yoshdan katta boʻlmasligi kerak;
  • Nemis tilidan kamida B1 yoki ingliz tilidan esa B2 darajaga ega boʻlishi shart;
  • Darsdan tashqari mashgʻulotlarda ham faol boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

IES dasturida 2 xil stipendiya mavjud:

  • Toʻliq moliyalashtiriluvchi stipendiya. Bunda ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
    • Dastur boshlanganda xarajatlar uchun bir martalik mablagʻ va oylik choʻntak puli beriladi;
    • Safar va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplab beriladi;
    • 1 semestr davomida bepul oʻqiydilar va dastur davomidagi taʼlim safarlari, tadbirlar, til kurslari va turar joy uchun toʻlovlar toʻgʻridan toʻgʻri COPERNICUS BERLIN tomonidan toʻlab beriladi.
  • Qisman moliyalashtiriluvchi stipendiya. Bunda yuqoridagidan farqli ravishda faqat safar va tibbiy sugʻurta xarajatlari moliyalashtirilmaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi.

  • 1-bosqichda onlayn ariza topshiriladi;
  • 2-bosqichda saralangan nomzodlar YouTube kanali orqali topshiriq beriladi;
  • 3-bosqichga qabul qilinganlar onlayn intervyu topshirishadi.

Dasturga ushbu havola orqali onlayn ariza topshiriladi. Ariza topshirish uchun kerak boʻladigan hujjatlar:

  • Bir betdan oshmagan CV. Unda shaxsiy surat ham berilishi kerak;
  • Maktab baholari va uning ingliz yoki nemischa tarjimasi;
  • Universitet baholari va uning ingliz yoki nemischa tarjimasi;
  • Til sertifikatini topshirish majburiy emas. Bunda nomzodlar intervyu jarayonida tilni yaxshi bilishlarini isbotlashi kerak boʻladi.

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 30-dekabrgacha davom etadi (2025-26-yil qishki semestrda o'qish uchun). 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 28

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5.5

Germaniya Barcha bosqich talablari uchun Germaniyada bir semestr to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi International Excellence Program almashinuv dasturi
29 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.