Tavsif
Wiki Ilmiy Fotosuratlar Tanlovi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasini tanlovga taklif etadi. Oʻzbekistonda ilk bor Pizik va Oʻzbek Wikimedia hamjamiyati hamkorligi bilan tashkil etilayotgan Wiki Ilmiy Fotosuratlar tanlovining milliy bosqichi oʻtkazilmoqda.
Wiki Ilmiy Fotosuratlar tanlovi — ilm-fan boʻyicha xalqaro fotosuratlar tanlovi hisoblandi. Bu tanlov Vikipediya tarkibidagi Vikimedia tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.
Tanlovda 7 ta kategoriya mavjud:
- Ilm-fandagi odamlar;
- Mikroskopik tasvirlari;
- Nofotografik suratlar;
- Tasvirlar toʻplami;
- Yovvoyi tabiat va tabiat manzaralari;
- Astronomik tasvirlar;
- Umumiy toifa.
Tanlov tugaganidan soʻng xalqaro tanlov qoidalariga muvofiq hakamlar hayʼati jami 14 tagacha fotosuratni (har bir toifadan 2 tadan) tanlaydi. Hakamlar hayʼati tomonidan tanlab olingan barcha suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.