Tavsif
BUILDNER platformasi barcha havaskor va professional arxitektor va dizaynerlar uchun “House of the Future competition” tanlovini taqdim qiladi. Tanlov ishtirokchilariga Dubaydagi Amirlik fuqarolari uchun yangicha koʻrinishdagi uylarning innovatsion loyihalarni yaratish vazifasi yuklatiladi. Dubay hukumati bilan hamkorlikda maxsus tuzilgan hakamlar hayʼati mahalliy aholi uchun mavjud takliflarni yanada yangilash, ularni mamlakat va uning aholisining meʼmoriy estetikasi bilan yanada uygʻunroq qilish uchun zamonaviy uslubdagi loyihalarni qidirmoqda. Mukofotning umumiy jamgʻarmasi — 250,000 yevro.
Tanlov uchun roʻyxatdan oʻtuvchilar quyidagi turlarga ajratiladi:
1 — Talabalar:
Ushbu tur individual talabalar va talabalar jamoalari uchundir. Talabalar jamoasi gʻolib boʻlgan taqdirda, natijalar eʼlon qilinganda universitet nomi va veb-sayti barcha jamoa aʼzolarining ismlari bilan birga taqdim etiladi.
2 — Kompaniyalar:
Ushbu tur maʼlum bir kompaniya bilan bogʻlanishni istagan shaxslar va jamoalar uchun. Agar kompaniya jamoasi gʻolib boʻlsa, natijalar eʼlon qilinganda kompaniya nomi va veb-sayti barcha jamoa aʼzolarining ismlari bilan birga taqdim etiladi.
3 — Arxitektura dizaynerlari va havaskorlar:
Ushbu tur talaba yoki kompaniya turiga mansub boʻlmagan boshqa shaxslar va jamoalar uchun.
4 — Litsenziyaga ega arxitektorlar:
Ushbu tur talaba yoki kompaniya turiga mansub boʻlmagan va arxitektura sohasida litsenziyaga ega boshqa shaxslar va jamoalar uchun.
Maʼlumot uchun: BUILDNER — yetakchi arxitektura musobaqalarini tashkil qiluvchi platforma hisoblanadi. U arxitektura va dizayn ixlosmandlarining xalqaro tarmogʻi bilan tanlov tashkilotchilarini bogʻlash vazifasini bajaradi. BUILDNER tashkilotchilari arxitektura loyihalari uchun toʻliq qamrab olingan tashkiliy ishlarni amalga oshiradilar. Arxitektura olamida barcha turdagi davlat va xususiy loyihalar boʻyicha tanlovlar tashkil etish anʼanasi mavjud. BUILDNER platformasining maqsadi havaskor dizaynerlar va mutaxassislarining xalqaro tarmogʻini yaratishda ushbu anʼanani davom ettirishdir.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.