Barcha havaskor va professional fotograflar uchun xalqaro fototanlov. G'oliblar pul va Fransiyaga sayohat bilan taqdirlanadi!
Fransiya Fransiya
01 Dek, 2024 · Muddat tugagan

Barcha havaskor va professional fotograflar uchun xalqaro fototanlov. G'oliblar pul va Fransiyaga sayohat bilan taqdirlanadi!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Fransiyaning Somme ko'rfazida har yili Bird and Nature Festivali o'tkaziladi. Festival doirasida International Wildbird Photo Competition - Xalqaro Yovvoyi Qushlar Fototanlovi tashkil etiladi. Tanlovning asosiy maqsadi fotografiyadan o'quv va ijodiy vosita sifatida foydalangan holda qushlar haqidagi bilimlarni targ'ib qilish va odamlarni qushlarni himoya qilishga chaqirishdir. 

Tanlovda millatidan qati'y nazar barcha fotografiyaga qiziquvchilar, havaskor, professional fotograflar o'zlarining yovvoyi qushlarni aks ettiruvchi fotosuratlari bilan qatnashishi mumkin.

Tanlovda jami 6 ta yo'nalish mavjud:

  • Bird Portrait
  • Birds in its environment
  • Birds behaviour
  • Birds in Flight
  • Artistic Vision of Bird
  • Other flying species

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Fototanlov onlayn tarzda bo'lib o'tadi va 18 yoshdan yuqori barcha havaskor yoki professional fotograflar uchun ochiq.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov g'oliblari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • Bosh sovrin (Grand Prix) - €1500;
  • Har bir yo'nalishdagi 1-o'rin g'oliblari - €800;
  • “Public Prize” ya'ni ko'rgazma mehmonlari tomonidan tanlangan g'olib - €500.

Shuningdek, har bir g'olib ishtirokchi 2025-yil bahorda Fransiyada bo'lib o'tadigan ko'rgazmaga taklif qilinadi. Ichki sayohat, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi (g'olib bilan kelgan hamroh uchun ham).

Tanlov haqida batafsil ma'lumot bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun havola.

Har bir ishtirokchi 15 tagacha fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Fotosuratlar:

  • Avval boshqa tanlovlarga taqdim etilmagan;
  • JPEG formatida;
  • Chegara, ramka yoki imzosiz;
  • 3:2 nisbatda;
  • Uzun tomonida 3500 piksel va qisqa tomonida ~2,333 piksel bo'lishi kerak.

Eslatma: ishtrokchilar har bir fotosurat uchun €2 miqdorida badal puli to'lashi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Fransiya Barcha havaskor va professional fotograflar uchun xalqaro fototanlov. G'oliblar pul va Fransiyaga sayohat bilan taqdirlanadi!
01 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.