Tavsif
“57th World Gallery of Cartoons — Skopje 2025” tanlovining bosh maqsadi — havaskor va professional rassomlarni qoʻllab-quvvatlash. Ushbu tanlov 1969-yildan beri oʻtkazib kelinadi.
Tanlov tashkilotchisi — OSTEN Skopye, Shimoliy Makedoniya Respublikasi.
Mazkur tanlovni tashkil etish jarayoni toʻrt bosqichdan iborat:
- Ariza shaklini toʻldirish — (2025-yil mart — may);
- Saralash + tanlangan rasmlarning nashri (2025-yil iyun — avgust);
- Tanlov finalchilarni eʼlon qilish (2025-yil sentyabr);
- Gʻoliblarni eʼlon qilish (2025-yil sentyabr).
Tanlovda tili, millati, dini, yoshi, ijtimoiy va geografik kelib chiqishidan qatʼi nazar rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.
Tanlovga komik, satirik, multfilmlar yoki maʼlum hikoya uchun rasmlar qabul qilinadi.
Ishtirokchilar 2 shakldagi ishlar bilan qatnasha oladi:
- Original ishlar — qoʻlda yaratilgan asarlar, qogʻozga yoki boshqa vositaga chizilgan ishlar;
- Raqamli ishlar - bosmadan (printerdan) chiqarilgan, raqamlangan va old tomoniga qalam bilan imzo qoʻyilgan ishlar.
Tanlovning asosiy gʻolibi 1,500 AQSH dollari va maxsus haykalcha bilan taqdirlanadi.
Tanlov tashkilotchisi barcha ishtirokchilarni 2025-yil noyabr oyida Skopyeda boʻlib oʻtadigan dunyo rasm/ galereyalarining (WORLD GALLERY of CARTOONS) 57 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan rasmlar koʻrgazmasiga taklif etadi.
Mazkur tanlov haqida toʻliq maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.