Tanlovda ishtirok etish uchun avvalambor roʻyxatdan oʻtiladi. Undan soʻng, joʻnatiladigan karikaturaning qogʻoz shaklida yoki elektron shakldaligiga qarab tegishli manzilga joʻnatiladi.
Qogʻoz shaklidagi karikaturalar quyidagi manzilga joʻnatilishi soʻraladi:
Xorvatiya Karikatura assotsiatsiyasi (Croatian Cartoonist Association- Hrvatsko Drustvo Karikaturista), Savska cesta 100, 10000 Zagreb, Xorvatiya.
Elektron shakldagi karikaturalar quyidagi manzilga joʻnatilishi soʻraladi:
E-mail: hdk.entries@gmail.com;
(Formati: JPEG; oʻlchami: A4; shakli: 300 dpi, oʻlchami: 3 MBdan oshmasligi kerak. Ishlar quyidagicha nomlangan holda joʻnatilishi lozim: ism.familiya.davlat.raqam (agar muallif birdan ortiq ish joʻnatayotgan boʻlsa).
Eslatma! Tanlovga karikaturasi qabul qilingan mualliflarga katalog beriladi. Tanlov soʻnggida mualliflar talab qilgan taqdirda taqdim etilgan ishlar qaytarib beriladi. Dastur mualliflari qabul qilingan ishlarni oʻzgartirish, qoʻshimcha badal pulisiz tanlov uchun reklama sifatida foydalanish huquqiga ega. Mukofotga loyiq koʻrilgan karikaturalar dasturga tegishli hisoblanadi.
Tanlovga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.