Tavsif
Amerikaning eng goʻzal shaharlaridan biri Nyu-Yorkda joylashgan Art Omi tashkiloti innovatsion yangilik yaratish istagidagi barcha ijodkorlar uchun rezidentlik dasturlarini taqdim etadi.
Dastur quyidagi yoʻnalishlardan iborat:
- Art Omi: Architecture — bu mamlakatdagi birinchi rezidentlik dasturi boʻlib, iyun oyida Art Omi kampusida ikki hafta davom etadi. Dastur davomida dunyoning turli burchaklaridan 10 nafar yosh arxitektorlarni oʻz ishlarini rivojlantirishga taklif qiladi. Dastur arxitektura, sanʼat va landshaft sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Dastur uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati: 17-oktabr, 2023-yil (09:59).
- Art Omi: Artists — dunyoning turli burchaklaridan turli xil badiiy uslub va amaliyotga ega rassomlarni har yozda toʻrt haftalik dasturga taklif qiladi. Dastur davomida turli tajriba oʻtkazish, boshqa rassomlar bilan hamkorlik qilish va fikr almashish imkoniyati beriladi. Dastur uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati: 16-oktabr, 2023-yil (09:59).
- Art Omi: Writers — bahor va kuzda oylarida ikki haftadan bir oygacha oʻtkaziladigan dasturga yozuvchi va tarjimonlarni taklif qiladi. Dasturning kuchli xalqaro miqyosdagi taʼsir kuchiga urgʻu berish va Art Omi missiyasi uchun muhim boʻlgan madaniy almashinuv ruhini aks ettirish uning asosiy maqsadidir. Dastur uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati: 16-oktabr, 2023-yil (09:59).
Kuchli raqobat ruhida kechadigan ushbu musobaqa gʻoliblari maxsus hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi.
Maʼlumot uchun: Art Omi rassom, yozuvchi, tarjimon, musiqachi, meʼmor va raqqoslar uchun maxsus dasturlarni taklif qiladigan notijorat sanʼat markazi hisoblanadi. Markaz oʻzining haykaltaroshlik va arxitektura parki hamda galereyasiga ega boʻlib uning umumiy maydoni taxminan 48 gektarni tashkil etadi.
Dastur haqida to'liq ma'lumotni ushbu havola orqali o'qish mumkin.