Barcha ingliz tili oʻqituvchilari va mutaxassislari uchun AQSh elchixonasidan 8 haftalik OPEN Program bepul onlayn kursi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
16 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Barcha ingliz tili oʻqituvchilari va mutaxassislari uchun AQSh elchixonasidan 8 haftalik OPEN Program bepul onlayn kursi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Online Professional English Network (OPEN) dasturi butun dunyo boʻylab ingliz tili oʻqituvchilari va soha mutaxassislariga nufuzli taʼlim dargohlaridan biri AQSh universiteti tomonidan ishlab chiqilgan Methodology for TESOL (TESOL uchun metodologiya) kasbiy rivojlanish onlayn kursini taqdim etiladi.
Dastur (tanishtiruv) 2025-yil 26-maydan 20-iyungacha davom etadi. Darslar 2025-yil 1-iyuldan 25-avgustgacha davom etadi. 

Kurs ishtirokchilarga turli yoshdagi ingliz tilini oʻrganuvchilarga tilni samarali oʻrgatish boʻyicha eng soʻnggi metodologiyalarni taqdim etadi. Oʻqituvchilar barcha til koʻnikmalarni oʻrgatishning eng yaxshi amaliyotlarini oʻrganib, samarali va kommunikativ til sinflarini yaratish boʻyicha saboq oladilar.

Maʼlumot uchun: OPEN dasturi oʻzaro madaniyat almashinuvini targʻib qiladi va qayta foydalanish, moslashtirish hamda boshqalar bilan boʻlishish mumkin boʻlgan oʻquv materiallaridan bepul foydalanish imkonini beradi. OPEN kasbiy rivojlanish dasturi AQSh akademik muassasalari va boshqa tillarda soʻzlashuvchilarga ingliz tilini oʻrgatish (TESOL) sohasidagi mutaxassislar tomonidan yaratilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • AQSh fuqarosi boʻlmagan barcha Oʻzbekistonlik ingliz tili oʻqituvchilari va soha mutaxassislari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (min CEFR B2 yoki iBT 70);
  • Onlayn munozaralarda qatnashish va yozma topshiriqlarni oʻz vaqtida topshirish uchun ingliz tilida matn tera olishi kerak;
  • Dastur uchun har hafta 10-12 soatgacha vaqt ajratish va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ega boʻlish talab qilinadi;
  • Kompyuter boʻyicha asosiy texnik koʻnikmalarga ega boʻlish kerak:
    • Tegishli dasturlardan erkin foydalana olish (Word, Excel);
    • Foydalanuvchi nomlari va parollarini yaratish;
    • Himoyalangan veb-saytlarga kirish uchun hisob maʼlumotlaridan foydalanish, elektron pochtadan foydalanish;
    • Fayllarni yuklab olish va yuklash (PDF, MS Word, Excel).
  • Dasturda oxirigacha ishtirok etish shart.

Muhim: Oʻzbekistonlik nomzodlar butun kurs davomida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi va Oʻzbekistonda istiqomat qilishi talab qilinadi.

Eslatma: xususiy ingliz tili repetitorlari, o'quv markazlarida, xususiy maktablarda ishlaydigan o'qituvchilar ushbu dasturga qatnasha olmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • AQSh davlat departamenti tomonidan elektron sertifikat beriladi;
  • Ingliz tili sohasidagi eng soʻnggi metodologiyalarni oʻrganish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali 2025-yil 17-aprel kuniga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Eslatma: Ariza topshirishda savollarga javob berish va CV yuklash talab qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 17-aprel, 2025-yil;
  • Dastur haqida qoʻshimcha savollar bilan TashkentRELO@state.gov elektron pochta manziliga sarlavha qatoriga “OPEN Program” deb yozgan holda murojaat qilish mumkin.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Barcha ingliz tili oʻqituvchilari va mutaxassislari uchun AQSh elchixonasidan 8 haftalik OPEN Program bepul onlayn kursi
16 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.