Rоssiyaning Ural federal universiteti tоmоnidan barcha yosh tarjimonlar uchun XXII Xalqaro yoshlar tanlovi — DIGITAL LITTERA SCRIPTA
Rossiya Rossiya
17 Fev, 2024 · Muddat tugagan

Rоssiyaning Ural federal universiteti tоmоnidan barcha yosh tarjimonlar uchun XXII Xalqaro yoshlar tanlovi — DIGITAL LITTERA SCRIPTA

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

Rossiyaning nufuzli Ural Federal universitetining xorijiy tillar va tarjima kafedrasi Rossiya Tarjimonlar uyushmasining Sverdlovsk viloyati boʻlimi bilan birgalikda barcha iqtidorli tarjimonlar uchun XXII Xalqaro yoshlar tanlovini — DIGITAL LITTERA SCRIPTA eʼlon qiladi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad talabalar va maktab oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish, shuningdek, talabalarning tarjimonlik malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. DIGITAL LITTERA SCRIPTA tanlovi tarjimonlik sohasi mutaxassislari oʻrtasida barqaror professional aloqalarni oʻrnatish hamda tarjimonlik kasbining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Tanlov turli tillarda (ingliz, nemis, fransuz, italyan, yunon va ispan) uchta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

  • Nasr (Proza) — bunda badiiy asardan parcha rus tiliga tarjima qilinadi;
  • Publitsistika — bunda publitsistik yoʻnalishda yozilgan matn rus tiliga tarjima qilinadi;
  • Sheʼriyat — bunda faqat ingliz tilida yaratilgan sheʼrlar rus tiliga tarjima qilinadi.

Tanlov boʻyicha ishlar 2023-yil 18-dekabrdan 2024-yil 18-fevralgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, yaqin va uzoq xorij davlatlari fuqarolari, maktab oʻquvchilari, talabalar hamda bilim, fan va texnikaning istalgan sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod tanlov vaqtida 35 yoshga toʻlmagan boʻlishi lozim;
  • Ishtirokchilar quyidagi tillarda nasr, publitsistika va sheʼriyat yoʻnalishida yaratilgan ishlarni rus tiliga tarjima qilishlari kerak:
    • Ingliz tili;
    • Nemis tili;
    • Fransuz tili;
    • Italyan tili;
    • Yunon tili;
    • Ispan tili.

Eslatma: Har bir ishtirokchi tanlovda bir yoki bir nechta nominatsiyalar boʻyicha ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Tanlovda 1-, 2-, va 3-oʻrinni egallagan gʻoliblar elektron diplom, birinchi bosqichga oʻtgan tanlov ishtirokchilari esa ishtirok etganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar litterascripta23-24@mail.ru elektron pochtasiga oʻz ishlarini joʻnatishlari lozim.

Barcha tillar va nominatsiyalar bo'yicha tanlov topshiriqlari (tarjima qilinishi kerak bо'lgan ishlar) ushbu havоlada keltirilgan.

Taqdim etiladigan ishlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Qator oraligʻi — 1,0;
  • Shrift — 12 (Times New Roman);
  • Matn muharriri — Word 2003;
  • Kenglikni tekislash va standart paragraf chegarasi belgilanadi;
  • Birinchi betning yuqori chap burchagida quyidagilar kiritilishi kerak:
    • Nomzodning familiyasi va ismi;
    • Oʻqish joyi (kurs va kafedra koʻrsatilgan holda) yoki ish joyi;
    • Yashash manzili (shahar);
    • Aloqa uchun nomzodning telefon raqami va elektron manzili.
  • Ishlar .doc fayl shaklida yaratilishi hamda muallifning familiyasi, nominatsiya turi va tarjima tili koʻrsatilgan holda saqlanishi lozim (masalan, Иванова_публицистика_англ.doc).

Muhim: Taqdim etilgan ishlar qaytarilmaydi va topshirilgan ishlarning soniga qarab natijalarni eʼlon qilish muddati oʻzgartirilishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturda qatnashish uchun oxirgi muddat: 18-fevral 2024-yil (02:00);
  • Natijalar 2024-yil 11-aprelda eʼlon qilinadi;
  • Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumotlar bu yerda;
  • Email: litterascripta23-24@mail.ru;
  • Tel: +7 (343) 389 94 12.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali topish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rоssiyaning Ural federal universiteti tоmоnidan barcha yosh tarjimonlar uchun XXII Xalqaro yoshlar tanlovi — DIGITAL LITTERA SCRIPTA
17 Fev, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.