Tavsif
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ barcha isteʼdodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining oʻziga xos va jozibali tashqi koʻrinishini yaratishga taklif qiladi. Tanlov gʻolibi 100 million soʻm miqdoridagi mukofotga ega boʻladi va poyezdda oʻz dizaynidan tashqari gʻolibning bosh harflari ham tasvirlanadi! Nomzodlar ikkitadan ortiq boʻlmagan dizayn variantini taqdim etishlari va dizaynda “Oʻzbekiston — 2030” STRATEGIYASI” brendini hisobga olishlari kerak.
Oʻz isteʼdodingizni namoyon etish va Oʻzbekiston temir yoʻllari tarixining bir qismi boʻlish imkoniyatidan foydalaning!
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.