Barcha koinotga qiziquvchilar uchun NASA Space Apps Tashkent 2023 tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
02 Okt, 2023 · Muddat tugagan

Barcha koinotga qiziquvchilar uchun NASA Space Apps Tashkent 2023 tanlovi

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

“Oʻzbekkosmos” agentligi Toshkentda boʻlib oʻtadigan NASA Space Apps Challenge 2023 Hackathon koʻrgazmasida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini eʼlon qiladi!

Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul. Ishtirokchilar koinot agentliklarining ochiq maʼlumotlaridan foydalanib, oʻz bilim va lateral fikrlash qobiliyatini oshirishga, shuningdek, koʻplab yangi doʻstlar orttirish imkoniga ega boʻladilar. 

Dasturning maqsadi NASA zamonaviy astronavtika muammolariga yechim topishdir. Ishtirkchilar o'zlarining ixtirolari bilan tanlovda qatnashadilar.

NASA Space Apps Challenge mavzulari astronavtika, maʼlumotlarni qayta ishlash, geologiya, astronomiya, STEM va taʼlim bilan bogʻliq vazifalarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Ushbu koʻrgazma 2023-yil 7-8 oktyabr kunlari Toshkent shahri Inno Texnopark maydonida boʻlib oʻtadi.

Dasturda yoshidan qatʼi nazar barcha sohadagilar qatnashishi mumkin. Dastur 3 tilda (oʻzbek, rus, ingliz tillari) boʻlib oʻtadi. 

Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Mazkur dasturda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
  • Yoshidan qatʼi nazar,, har qanday sohada oʻqiydigan/ishlaydiganlar ishtirok eta oladi;
  • Oʻzbek, rus, ingliz tillaridan birini bilish lozim;
  • Kuchli tanqidiy fikrlash va qiziquvchanlikka ega boʻlish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda ishtirok etish bepul;
  • Koinot agentliklarining ochiq maʼlumotlaridan foydalanib, astronomiyaga oid bilim va fikrlash qobiliyatini oshirish imkoniyati;
  • Yangi tanishlar orttirish imkoniyati (networking).

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:

  • Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak;
  • Jamoaga qoʻshilish yoki ishtirokchining oʻzi yaratishi lozim (jamoada yolgʻiz boʻlish ham mumkin);
  • Mahalliy tadbirga ushbu havola orqali yozilish kerak;
  • Ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish kerak.

Eslatma: yuqoridagi toʻrtta harakat bajarilsagina, jamoa aʼzosi ishtirok etish nomzodiga ega boʻlishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida qoʻshimcha savollarga ushbu havola orqali javob olish mumkin.

Dasturda qatnashish imkoniga ega boʻlgan jamoalar haqida 2023-yil 5-oktabrda bu yerda xabar beriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Barcha koinotga qiziquvchilar uchun NASA Space Apps Tashkent 2023 tanlovi
02 Okt, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.