Tavsif
Barcha media sohasi vakillari uchun Germaniyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi — BETD Media Fellowship 2025 taqdim etiladi. Dastur uchun jami 15 nafar nomzod tanlab olinadi. Dastur global energiya almashinuvi boʻyicha mavjud bilim va yechimlarni qobiliyatli jurnalistlar orqali keng ommaga koʻrsatishga eʼtibor qaratadi.
Dasturdan asosiy maqsad butun dunyo boʻylab yosh jurnalistlarga Berlinga kelish orqali oʻtkazilayotgan konferensiyaga kirish, fan, siyosat, sanoat va fuqarolik jamiyatining yuqori darajadagi manfaatdor tomonlari bilan muloqot qilish va boshqa media sohasi vakillari bilan bogʻlanish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Dastur 2025-yil 16-martdan 22-martgacha Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.