Tavsif
ART street oylik rasmlar tanlovi aprel oyi uchun “Tabassum” mavzusi asosida illyustratsiyalar yaratish imkoniyatini eʼlon qiladi.
Tanlovda yoshi, millati, irqi va jinsidan qatʼi nazar har qanday soha vakillari, jumladan, professional yoki havaskor rassomlar ishtirok etishi mumkin.
Nomzodlardan oʻz illyustratsiyalarida tabassumning katta tabassum, muloyim tabassum va achchiq tabassum kabi turlarini namoyish etishlari soʻraladi.
Tanlovda 3 toifada gʻoliblar aniqlanadi:
- Eng yaxshi deb topilgan ishlar uchun mukofot;
- Tanlangan ishlar uchun mukofot;
- Rookie mukofoti.
Gʻoliblar 10 ming yendan 50 ming yengacha pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 6-may qilib belgilangan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.