Tanlov uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- Yoshi, kasbi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha professional va havaskor fotograflar ishtirok eta oladi;
- Barcha nomzodlar “TUPROQSIFATTAHLIL” DUKning Telegram, Instagram va Facebookdagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘lishlari kerak;
- Nomzodlar har bir mavzuga oid 1dona fotosurat taqdim etishlari kerak.
Eslatma: Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” DUK xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) ishtirok etishlari mumkin emas.
Fotosuratlarga quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Barcha arizalar “Yer resurslari va biologik xilma-xillikni barqaror boshqarish mavzusiga mos kelib, “Ayollar qishloq xo‘jaligida” mavzusini o‘zida aks ettirishi lozim. Ya’ni ayollarning:
- ilm-fan sohasida;
- laboratoriya sharoitida;
- dala sharoitida;
- naslchilikda;
- parrandachilikda;
- asalarichilikda;
- yoki qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarida javlon urayotgani aks etayotgan fotosuratlar yuborilishi tavsiya qilinadi;
- “Tuproq rizq-ro‘zimiz manbayi” mavzusida taqdim etilgan fotosuratlarda esa tuproq va yer resurslarini o‘zida aks ettiruvchi fotosuratlar yuborilishi tavsiya qilinadi;
- Fotosuratlar raqamli kamera, mobil telefon kamerasi orqali JPEG yoki PNG formatlarida 1024x768 piksel 300 dpi va maksimal fayl hajmi 10 MB bo‘lishi kerak;
- Fotosuratlarni manipulyatsiya qilishga ruxsat berilmaydi. Tasvirga olingan fotosuratlarga keyingi ishlov berish faqat global yaxshilanishlar bilan chegaralanadi, masalan kesish, yorug‘lik va soyalar (cropping, highlights, shadows);
- Fotosuratlarda sana belgilari (date stamps), moybo‘yoqli belgilar (watermarks) yoki biror bir matn bo‘lmasligi kerak va boshqa biror tanlovda ishtirok etmagan yoki mukofotlanmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, yangiliklar, reklama yoki boshqa tijorat maqsadlarida chop etilmagan bo‘lishi kerak.
- Fotosuratlar olinganiga bir yil bo‘lgan bo‘lishi kerak;
- Tanlov ishtirokchilari tanlov rasmiy qoidalariga rozi bo‘lishlari va ularga rioya qilishlari kerak.
Tanlovning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.