Barcha professional va havaskor fotograflar uchun xalqaro Global Campus Visual Contest tanlovi. Gʻolibga Bangladeshdagi fotograflar seminariga yoʻllanma beriladi
Bangladesh Bangladesh
07 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Barcha professional va havaskor fotograflar uchun xalqaro Global Campus Visual Contest tanlovi. Gʻolibga Bangladeshdagi fotograflar seminariga yoʻllanma beriladi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Global Campus Visual Contest - bu inson huquqlari bo'yicha Global Kampus (GC) va Global Campus Alumni (GCA) tomonidan Right Livelihood bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan fotosuratlar tanlovi bo'lib, unda butun dunyodan barcha professional va havaskor fotosuratchilar oʻz ishlari bilan qatnashishlari mumkin.

Eng yaxshi fotosurat gʻolibi Bangladesh poytaxti Dakkada fotograf GMB Akash bilan yakkama-yakka seminarda qatnashish uchun moliyaviy yordam bilan mukofotlanadi. Eng koʻp ovoz olgan rasmlar maxsus onlayn galereya va sayohat koʻrgazmasini yaratish uchun tanlab olinadi.

Tanlovning 2021-2022 yil uchun mavzusi: “Tadbirkorlik faoliyati va inson huquqlariga taʼsiri: muammolar va barqaror kelajakka umid”.

Ariza topshirish muddati 2021-yil 8-noyabrdan 2022-yil 8-yanvargacha etib belgilangan. 

Tanlov boʻyicha batafsil maʼlumotlarni bu yerda oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda yoshi, irqi va millatdan qatʼi nazar, barcha professional va havaskor fotograflar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng yaxshi deb topilgan foto muallifi Bangladesh poytaxti Dakkada tanlovning bosh hakami va gʻolibi, fotograf GMB Akash bilan oʻtkaziladigan jonli seminarda ishtirok etishi uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi;
  • Eng koʻp ovoz toʻplagan rasmlar maxsus onlayn galereyada namoyish etiladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovga suratlar ushbu ariza shakli orqali yuboriladi. Soʻng Instagramdagi @gchumanrights sahifasiga joylashtiriladi.

Muhim: Tanlovga .jpg, .png, .gif formatidagi, maksimal hajmi 5 MBdan oshmagan ishlarni yuborish mumkin. Arizalar miqdoriga aniq chegara koʻrsatilmagan. Bu boʻyicha savollarni tashkilotchilarga yoʻllash tavsiya etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovni baholab boruvchi hakamlar hayʼati bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Oʻtgan yillar davomida (2014-2019) oʻtkazilgan tanlov hisobotlari bilan bu yerda batafsil oʻqish mumkin.

Qoʻshimcha savollarni ushbu sahifada keltirilgan arizani yoʻllash orqali berish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Bangladesh Barcha professional va havaskor fotograflar uchun xalqaro Global Campus Visual Contest tanlovi. Gʻolibga Bangladeshdagi fotograflar seminariga yoʻllanma beriladi
07 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.