Tavsif
OneBeat — bu AQSh Davlat Departamentining Taʼlim va Madaniyat Masalalari Byurosi tashabbusi boʻlib, Nyu-Yorkdagi Found Sound Nation tashkiloti tomonidan tashkil etilgan xalqaro almashinuv va rezidentlik dasturi.
OneBeat Virtual dasturi 2025-yil uchun jami 50 ta mamlakat va hududlardan 25 nafar eng iqtidorli professional/havaskor musiqachi, qoʻshiqchi va bastakorlarni tanlab oladi. Dastur 2025-yil aprel/may oylarida boʻlib oʻtadi.
Ushbu davr mobaynida ishtirokchilar hamkorlikning yangi shakllarini oʻrganadi, musiqa olamidagi mavjud janrlar bilangina cheklanib qolmay, yangi va noodatiy janrlardagi musiqalarni bastalash, kuylash, yozish, va ishlab chiqarish uchun ansambllar tuzadi, virtual mahorat darslarida qatnashadi, ochiq studiyalar, onlayn seminarlarda ishtirok etadi va omma uchun striming konsert tashkil qiladi. Shuningdek, dastur ishtirokchilari nafaqat musiqa yaratish bilan shugʻullanadi, balki musiqa orqali jamiyatdagi dolzarb mavzular doirasida turli ijtimoiy muammolarga yechim topishni ragʻbatlantiruvchi loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi
Dasturga har qanday soha vakili boʻlgan ammo musiqa yaratish/bastalash/kuylashga qiziquvchi va kuchli iqtidor egasi boʻlgan, jamiyatda faol boʻlgan, ijtimoiy mavzularga befarq boʻlmagan barcha professional va havaskor musiqachilar taklif etiladi.
Dastur ingliz tilida olib boriladi, shu sababli ishtirokchilardan ingliz tilini yetarli darajada bilishi talab etiladi. Shuningdek, dasturda toʻliq ishtirok etish uchun barqaror internet aloqasi va kerakli texnik jihozlarga (kameraga ega boʻlgan telefon, kompyuter va b.) ega boʻlishi lozim.