Tavsif
Tamayouz Excellence Award professional va havaskor rassom, dizayner hamda fotograflar uchun “Iraq 2003: 20 years later” mavzusida 2-xalqaro plakatlar tanlovini taqdim etadi. Ushbu tanlov rassomlarga Iroqdagi tarixiy hodisalarni oʻrganish, mavzu doirasida qanday voqealar xotiralarida gavdalanganini aks ettirish va yigirma yil oʻtgach Iroqda qanday oʻzgarishlar boʻlganini ifodalash imkoniyatini beradi. Tanlov komissiyasi tomonidan saralangan 100 ta ijodiy ish koʻrgazmada namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Butun dunyo ahli, shu jumladan, iroqliklar ham 2003-yil 9-aprel deganda shu kuni AQSh qoʻshinlarining Iroq poytaxti Bagʻdod shahriga kirishi sahnalarini eslashadi. Tanlov asosida tashkil qilinadigan koʻrgazmada ana shu muhim tarixiy voqea sabab Iroqning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzilmalarida sodir boʻlgan tub oʻzgarishlar bilan bogʻliq badiiy tasavvurlar taqdim etilishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun: Tamayouz Excellence Award hech qanday siyosiy harakatlarga aloqador boʻlmagan mustaqil tashabbus hisoblanib, unga xalqaro miqyosda tan olingan madaniy va ilmiy muassasalar tomonidan homiylik qilinadi. Dastur mahalliy va global muammolarni hal qiluvchi loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.