Tavsif
Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Skopye shahrida joylashgan Ostin galereyasi barcha davlatlardan boʻlgan rassomlar, havaskor rasm chizuvchilarni 54th World Gallery Of Cartoons Skopje 2022 tanloviga taklif etadi.
Tanlov gʻoliblarining ijodiy ishlari Ostin galereyasida namoyish etiladi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Ijodiy ish turlari:
- Multfilmlar;
- Satirik rasm;
- Komiks/strip.
Asar mavzusi, uslub va formatini tanlash mutlaqo muallifning oʻziga bogʻliq. Tanlovda, har bir ijodkor taqdim etishi mumkin boʻlgan ishlar soni cheklanmagan.
Avvalgi tanlovlarda gʻolib boʻlgan ijodiy ishlar bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.
- Faqat original, qoʻlda chizilgan asarlar qabul qilinadi. Agar muallif faqat raqamli texnikada ishlasa, qogʻozga chop ettirib, ustiga qalam bilan nomlangan, raqamlangan va imzolangan holda pochta orqali yuborilishi kerak;
- Faqat yangi chizilgan, avval nashr etilmagan yoki boshqa tanlov va musobaqalarda taqdirlanmagan ishlar koʻrib chiqiladi;
- Tashkilotchining koʻrsatmalariga koʻra, tanlovchi (selector) va xalqaro hakamlar hayʼati taqdim etilgan asarlarning vizual ifodasiga alohida eʼtibor qaratadi.
Tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.