Tavsif
Youth Break the Boundaries tashkiloti tomonidan tashkil qilingan Korea Youth Summit 2025 dasturi Janubiy Koreyaning Seul shahrida 2025-yil 30-iyundan 3-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning turli burchaklaridan turli yoshlarni jalb qilishga mo‘ljallangan ushbu dastur “Madaniy yodgorliklarni asrash loyihasi” (Cultural Heritage Preservation Project) mavzusi ostida bo‘lib o‘tadi. Delegatlar Koreya Yoshlar Sammitida global muammolar bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etish, madaniyatlararo tushunishni rivojlantirish va dunyo bo‘ylab yosh yetkakchilar bilan hamkorlik qilish orqali ijobiy o‘zgarishlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu sammit, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, qimmatli ma’lumotlar olish va barqaror kelajakni shakllantirishga hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi.
Nomzodlar 15-40 yosh oralig‘idagi barcha soha va millat vakillari ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirishdan oldin ba’zi ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo‘lish kabi topshiriqlar beriladi, shundan so‘ng ariza topshirish va dasturda ishtirok etish mumkin.